Obi Mikel Jeksonga: "Sening vazifang – gollar urish"

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025, 15:16
"Chelsi" sobiq xavbeki Jon Obi Mikel gol urishdan aziyat chekayotgan "ko'klar" hujumchisi Nikolas Jeksonni tanqid qildi.

"Agar sen mo'ljalda adashsang, hechqisi yo'q. Lekin to'pni darvoza to'riga yo'llashga harakat qil. 

U nima qilyapti? U shunchaki to'pni nazorat qilib, keyin uni orqaga uzatyapti. Sening vazifang – gollar urish", – dedi Obi Mikel "The Obi One" podkastida.

Eslatib o'tamiz, shanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda hisob 1:0 bo'lib turganida imkoniyatini golga aylantira olmagandi.

Avvalroq "Yuventus" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Obi One