Obameyyang "Barselona"ga o'tishi haqida: "Hikoyalar o'ylab topishni bas qiling"

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 17:43
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang yozda "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

Futbolchi "tvitter" orqali futbolchilarga yuzlandi va ulardan hikoya o'ylab topmaslikni so'radi.

"Hikoyalar o'ylab topishni bas qiling" - deydi Obameyyang.

Keyinroq, ushbu xabar o'chirib tashlandi. Yozgi transfer oynasida "Borussiya"dan "Barselona"ga Obameyyangning jamoadoshi Usmon Dembele o'tgan edi. Transfer 105 mln. evroga amalga oshgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com