Obameyang sardorlik bog'ichidan mahrum qilindi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2021, 20:25
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang London klubi sardori maqomidan mahrum etildi.

"Kanonirlar" rasmiy sayti xabariga ko'ra, bunga Gabon terma jamoasi futbolchisi tartib-intizomni buzgani sabab bo'lgan.

Gap shundaki, 32 yoshli futbolchi shaxsiy sabab bilan Angliyadan chetga chiqib kelgan va Arteta ruxsat bergan muxlatda ortga qaytmagan. Uning ushbu harakati COVID-19 protokoliga zid va butun jamoa taqdiriga ta’sir qilishi mumkin edi.

Shuningdek, London klubi matbuot xizmati xabarida 32 yoshli hujumchi Angliya chempionatining navbatdagi turidan o'rin olgan "Vest Xem" bilan o'yinda jamoaga yordam berolmasligi aytilgan.

Obameyang joriy mavsumda 15 o'yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com