Obameyang haftasiga 250 ming funt-sterling talab qilayapti

4 iyul 2020, 00:18
“Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoada qolishga qarshi emas.

Ayni paytda hujumchining vakillari klub bilan hamkorlikni davom ettirish masalasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda ESPN.

31 yoshli futbolchi klub rahbariyatidan uch mavsum davomida haftasiga 250 ming funt maosh talab qilmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnmoasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. U ayni paytda haftasiga 200 ming funt maosh oladi.

Joriy mavsumda Per-Emerik APL doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 2 ta golga hammuallifliq qildi. Futbolchi shuningdek, Yevropa Ligasi bahslarida 6 ta o'yinda, 3 ta gol urishga erishdi.

Ilgariroq hujumchining xizmatlariga Yevropaning bir qator grand klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Uning transfer narxi 56 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN