Obama Oq uyda "Los-Anjeles Gelaksi"ni qabul qildi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2015, 10:33
AQSH prezidenti Barak Obama 2 fevral kuni MLSning amaldagi chempionlari "Los-Anjeles Gelaksi"ni Oq uyda qabul qildi.

Dekabrdagi finalda Los-Anjeles shahri jamoasi "Nyu-Inglend Revolyushn"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

"Gelaksi" futbolchilari va ular bilan bir safda bo'lgan Lendon Donovan va Devid Bekxem prezidentga 1 raqami tushirilgan futbolka sovg'a qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com