OAV hodimlari o'rtasidagi O'FF Kubogi-2014 turniri yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2014, 10:59
26 iyun kuni O'FF sun'iy qoplamali maydonida OAV xodimlari o'rtasida O'FF Kubogi-2014 mini-futbol turniri yakuniga etdi.
21-26 iyun kunlari O'FF sun'iy qoplamali maydonida OAV xodimlari o'rtasida O'FF Kubogi-2014 mini-futbol turniri o'tkazilishi haqida avvalroq xabar bergan edik. Jami 12 jamoa ishtirok etgan bu yilgi turnirning final o'yini bugun bo'lib o'tdi.

Finalgacha barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan O‘zA (O'zbekiston milliy ahborot agentligi) va O‘zMAA (O'zbekiston matbuot va axborot agentligi) jamoalari turnir g'oliblini uchun o'zaro finalda kuch sinashdilar. Qiziqarli kechgan uchrashuvda O‘zMAA hodimlaridan tuzilgan jamoa raqibini 8:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi turnir g'olibiga aylandi.

Turnirning uchinchi o'rini uchun kechgan bahsda Sharq jamoasi MTRK hodimlarini 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi O'FF Kubogi bronza medallarini qo'lga kiritdi.

26 iyun.
 3-o'rin uchun bahs.


Sharq - MTRK 6:1

FINAL.

O‘zA - O‘zMAA 1:8

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com