Nyuton “Trabzonspor” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2020, 19:30
Avvalroq, angliyalik mutaxassis “Chelsi”ning murabbiylar shtabida faoliyat olib borgandi.

Eddi Nyuton joriy yilning fevralida boshlab “Trabzonspor”da murabbiy yordamchisi bo'lib, keyin esa bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishladi. 

Bugun esa klub matbuot xizmati 48 yoshli angliyalikning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, trabzonliklar Nyuton qo'l ostida joriy mavsum Turkiya Kubogida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Trabzonspor