"Nyukasl" "Yuventus" hujumchisiga qiziqyapti

Sherzod Nurmatov
5 dek 2023, 15:00
Klublar Matias Soulening transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Angliyaning "Nyukasl" klubi Italiyaning "Yuventus" klubi hujumchisi Matias Soulega qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".

20 yoshli argentinalik futbolchining 25 million evrolik transferi bo'yicha "hakkalar" va "keksa sinora" o'rtasida allaqachon muzokaralar boshlangan.

Matias Soule joriy mavsum "Frozinone" safida ijara asosida o'ynamoqda va u 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport