"Nyukasl" muxlislari Pardyuni iste'foga chiqishini talab qilmoqdalar

Aziz Tukhtamuradov
13 sen 2014, 21:31
"Nyukasl" muxlislari jamoa bosh murabbiyi Alan Pardyuni iste'foga chiqishini talab qilib, banner ko'tarib chiqishdi.
Ushbu holat bugun "Sautgempton"ga qarshi o'yin vaqtida kuzatildi.

To'rt turdirki, jamoa bir marotaba ham g'alaba qozona olmayapti.

Eslatib o'tamiz, murabbiy jamoani 2010 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning eng yaxshi natijasi 2011-12 yilgi mavsumdagi 5-o'rin hisoblanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru