"Nyukasl" bosh murabbiyligiga bir nechta angliyaliklar da'vogarlik qilishmoqda

Sherzod Nurmatov
10 okt 2021, 20:16
Saudiya Arabistoni investiciya fondi tomonidan sotib olingan klubda murabbiy o'zgarishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, Stiv Bryus tez orada ishdan bo'shatilishi mumkin. Qayd etilishicha, agar bu voqea ro'y bersa, angliyalik mutaxassis 8 million funt miqdorida tovon puli oladi.

Manbaga ko'ra, "Nyukasl"ning yangi bosh murabbiyi bo'lish uchun "Reynjers"dan Stiven Jerrard, "Brayton"dan Grem Potter va "Chelsi" dan ketganidan buyon ishsiz yurgan Frenk Lempard da'vogarlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph