"Nyukasl" "Ayntraxt" hujumchisi uchun 70 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2025, 23:17
"Nyukasl" Yugo Ekitike bo'yicha taklif yubordi.

Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi "Ayntraxt" hujumchisi uchun 70 million evrodan ortiq taklif qildi. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.


O'tgan mavsum Bundesligada fransiyalik futbolchi 33 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano