

"Liverpul" futbolchisi Darvin Nunes 49 daqiqa ichida 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hujumchi uchrashuvning 7, 44 va 49-daqiqalarida darvozani ishg'ol qildi.
Nunes ushbu mavsum "Liverpul" safida ketma-ket 10 ta o'yinda gol urolmadi. U mersisaydliklar tarkibida oxirgi marta 4 aprel kuni "Sheffild Yunayted" bilan o'yinda (3:1) gol urgan edi.
Ugurvay termasi tarkibida Darvin Nunes xet-trik amalga oshirgan bo'lsa, yana bir gol Fakundo Pelistri hisobiga yozildi.

Urugvay Amerika Kubogidagi navbatdagi o'yinini 24 iyun kuni Panamaga qarshi o'tkazadi. Meksikaliklar esa yana bir o'rtoqlik o'yinida Braziliya terma jamoasi bilan bellashadi (9 iyun).



