

- Asosiy o'yinchilarimiz umumiy guruhga qo'shilgunicha yoshlar bilan harakat qilishga majburmiz. To'g'ri, tarkibimizda tajribali futbolchilar ham bor, lekin hujum chizig'imiz zo'r emasligi uchun har xil rotaciyalarni amalga oshirib ko'ryapmiz. Bugungi asosiy maqsadimiz yutqazmaslik va raqibga etarli darajada qarshilik ko'rsatish edi. Maqsadimizga etdik, yutqazmadik. G'alaba qozonishimiz ham, mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. “Oq-tepa” jamoasi juda kuchli, bu klubni hurmat qilaman. Ochig'ini aytganda, bugun “UzDongJu” bir ochkolik bo'ldi.



