Noyer qaytmoqda

Mirjalol Normatov
10 yanv 2025, 21:46
"Bavariya" posboni Manuel Noyer mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

38 yoshli posbon Bundesliga doirasida shanba kuni bo'ladigan Menxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani ma'lumot berdi.

Noyer qishning boshida ko'krak qafasidan olgan jarohati sababli "Bavariya"ning bir qancha o'yinlarida ishtirok eta olmadi. Ayni damda Myunxen klubi Bundesligada peshqadamlik qilib turibdi.

"Borussiya" M hamda "Bavariya" jamoalari ishtirokidagi o'yin 11 yanvar kuni 22:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild