Noyer: "Guruhdan chiqish uchun hali imkoniyatlarimiz bor – bu eng muhimi"

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022, 18:04
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer jamoaning JCH-2022 doirasidagi Ispaniyaga (1:1) qarshi o'yiniga yuoqri baho berdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi, lekin biz ispaniyaliklarga jang taklif qildik va ularga ko'p vaziyatlar yaratishga imkon bermadik. Himoya chizig'imiz alohida maqtovlarga loyiq. Ular tufayli raqib darvozamizga to'p kiritishga qiynaldi.

0:1 hisobida yutqazib turgan paytda ham o'zimizga ishonishda davom etdik. Hali ham guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldik – bu hozir eng muhimi", – dedi darvozabon.

Avvalroq Manuel Noyer mundial rekordini takrorlagani haqida ma'lum qilgan edik.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker