

Dastlab, bir nechta musobaqalar noma'lum muddatga to'xtatilgan, bazi uchrashuvlar bo'm-bo'sh stadionlarda o'tkazilayotgandi. Hozir mazkur virus bilan kasallanganlar orasida professional sportchilar, futbolchilar ham aniqlanmoqda. Turinning "Yuventus" klubi rasmiy saytida bir necha daqiqa oldin yana bir noxush xabar berildi. Unga ko'ra, jamoa himoyachisi Daniele Ruganida koronavirus aniqlangan va u darhol shifoxonaga ko'chirilgan. Klub bayonotida takidlanishicha, virus jamoaning boshqa a'zolariga ham yuqqan bo'lishi mumkin. Shu boisdan "keksa sinora" rahbariyati tegishli choralarni ko'radi.




