“Norvich”ning asosiy posboni safdan chiqdi

28 sen 2019, 08:29
“Kanareykalar” asosiy darvozabonidan ayrildi.

“Norvich”ning niderlandiyalik darvozaboni Tim Krul jarohat oldi. Futbolchining noma'lum muddatga safdan chiqqani aytilmoqda. Ma'lum bo'lishicha, Krul belidan jarohat olgan. Endi futbolchi 28 sentyabr, 19:00 da boshlanadigan “Kristal Pelas”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, Tim joriy mavsum APLda 6 ta o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 10 ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports