

Vladikavkaz klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Nasaf" sobiq hujumchisi Husayn Norchaev 9-raqam ostida to'p tepadi.

Ma'lumot o'rnida, "Alaniya" NFL (Milliy Futbol Ligasi – tahr.)da 38 ochko bilan 2-o'rinni band etib turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 5 mart kuni "Nefteximik"ka qarshi kechadi.
Avvalroq "Alaniya" bosh murabbiyi Norchaevni o'z yosh toifasidagi Osiyoning yetakchi futbolchilaridan biri ekanligini takidlagan edi.



