No'mon Hasanov: “Keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilamiz”

Narzulla Saydullayev
19 avg 2017, 22:01
“Qizilqum” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo'qon-1912” klubi bosh murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- Bugun muxlislar ochiq futbol guvohiga aylanishdi. 3:1 o'yin taqdirini hal qildi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik.

O'yinni yaxshi boshladik. Lekin “Qizilqum”ning tajribali o'yinchilari vaziyatdan chiqib ketishni uddalashdi. Birinchi bo'limda uchta to'p o'tkazib yubordik. Keyin hujumlar tashkil etdik. Ulardan foydalana olmadik. Darvozabonni nega almashtirdim? Chunki gollarda uning aybi bo'ldi, ayniqsa uchinchi golda. Bunday masofadan gol o'tkazish to'g'ri kelmaydi.

Ikkinchi davrada ikkita mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, hali hammasi oldinda keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilamiz.

Rayevac oxirgi o'yinlarda o'ziga bildirigan ishonchlarni oqlay olmayapti. Bugun ham u kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia