Achinarlisi esa bu jarayonlar biz kabi oddiy muxlislar dilini xira qilmoqda. Biz muxlis sifatida yana avvalgi, “haybatli” “Neftchi”ni ko'rishni juda va juda istardik. Bu ancha murakkab ish ekanligini tushunamiz, ammo minglab Farg'onalik muxlislar uchun, qolaversa Farg'ona futboli obro'si uchun ham oldingi “Neftchi”ni qaytarishingizni iltimos qilgan bo'lardik!
Hozirgi kunda jamoa tizimida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Murabbiylar almashdi, futbolchilarning bazilari bilan ham shunday holat kuzatilmoqda. Bizni ozgina bo'lsa ham xursand qilayotgani turli jamoalarda o'ynayotgan “Neftchi” tarbiyalanuvchilarining yana qadrdon jamoamiz safiga kelib qo'shilayotganidir. Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan Mo'ydin Mamazulunov bilan shartnoma imzolanibdi. Shuningdek, Nosir Otaqo'ziev hamda G'ayrat Hasanovlarning ko'rikdan o'tayotgani haqida xabarimiz bor. Bu holat bizni faqat quvontiradi. “Neftchi” murabbiylari va rahbariyatiga esa murojaatimiz bor. Modomiki, jonajon jamoamizning avvalgi o'yinchilari yana qaytib kelayotgan ekanlar, sizlardan iltimos, bir vaqtlar “Neftchi”da porlagan va muhlislarning eng sevimli futbolchisiga aylangan Nodir Qo'ziboevni ham klubga olib keling.
Nodir Qo'ziboev vodiy farzandi, u jon deb yana Farg'onaga qaytishni xohlagan bo'lardi. Biz ijtimoiy tarmoqlar orqali u bilan suhbatlashib turamiz va har safar “Neftchi”ga qaytishini so'raymiz. Uning o'zi ham bunga qarshi bo'lmasligi aniq. Faqat, hammasi Nodirning o'ziga bog'liq emas-da. Buning uchun klub tomonidan tashabbus ko'rsatilishi lozimligini yaxshi tushunamiz.
Nodir Qo'ziboev hozir Birinchi liga vakili bo'lgan Toshkentning “Istiqlol” jamoasida o'ynamoqda. Bu yilgi kubok bahslarining nimchorak finalida qadrdon “Neftchi”miz, qadrdon Nodir Qo'ziboev to'p surayotgan “Istiqlol”ga qarshi maydonga chiqdi. Ana shu o'yinlarda Nodir Qo'ziboev hozir ham yuqori darajada o'ynay olishini isbotlab berdi. Butun o'yin davomida uni harakatlarini diqqat bilan kuzatdik va shunga amin bo'ldikki, Nodir hozir ham “Neftchi”ni kuchaytira oladi. Biz Farg'ona o'tkazilgan dastlabki o'yin davomida bevosita stadionda uni qo'llab-quvvatlab turdik. O'sha kuni tribunada bo'lsakda, bor ovozimiz bilan yana “Neftchi”ga qaytishini iltimos qildik. To'g'ri, u hozir Birinchi ligada o'ynamoqda, lekin, kubokdagi “Neftchi”ga qarshi o'yinlari orqali oliy ligada ham bemalol o'ynay olishiga amin bo'ldik.
Aslida, Nodir bir paytlar jamoadan vaqtida uni xorij jamoalariga qo'yib yuborishmagani uchun ketgan edi. Rossiyaning “Spartak”, Germaniyaning “Gamburg” kabi jamoalari Nodir Qo'ziboevni sotib olish uchun taklif bilan chiqishganda, murabbiylar uni qo'yib yuborishmagan edi. Vaholanki, o'shanda u xorij jamoalariga o'tganida hozir o'zbek futboli uchun ham yuqori darajali futbolchi sifatida yordam berayotgan bo'lar edi.
Farg'ona futbolining uzoq yillik muhlislari sifatida shuni iltimos qilamiz – Nodir Qo'ziboevni “Neftchi”ga qaytaring!!!
Farg'onalik futbol muxlislari nomidan Akromxo'ja