Nikolay Turchinenko vafot etdi

Alisher
9 iyun 2020, 10:38
1982-1987 yillar davomida Samarqand jamoasi sharafini munosib himoya qilgan klub sobiq futbolchisi Nikolay Turchinenko 59 yoshida vafot etdi.

"6 yil davomida Dinamo jamoasining SSSR chempionati 2-liga 7-zonasida o'tkazgan o'yinlari bilan samarqandlik muxlislar qalbidan joy olgan himoyachi shuningdek, Navoiyning Zarafshon, Toshkentning Paxtakor, Jizzaxning Bo'ston klublari sharafini himoya qilgan. 

1989-91 yillarda esa Ukrainaning Tavriya klubi sharafini himoya qilgan Nikolay Turchinenko Ukrainaning ilk chempioniga aylanib, 31 yoshida Yevropa Chempionlar ligasida debyutini o'tkazgan.

Dinamo PFK jamoasi Nikolay Turchinenkoning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi", - deb yozadi "Dinamo" klubi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia