

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" Kovach o'rniga Arsen Venger variantini ko'rib chiqmoqda. Klub rahbariyatidagilar tez-tez Venger haqida gapirishmoqda.
Oldinroq, "Bavariya" Chempionlar ligasida "Benfika"ga mag'lub bo'lsa Kovachni iste'foga chiqarishi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.
Venger nemischani yaxshi biladi. Hozir u ishsiz yurgan kamsonli top murabbiylardan biri. Yozda u "Arsenal"ni tark etgandi.



