Nihoyat, Obameyang “Arsenal” bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik bildirdi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2020, 19:50
Bu haqda The Athletic portali xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Per-Emerik Obameyang yaqin orada “to'pchilar” bilan 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi va bu tez orada rasman e'lon qilinadi.

Uning londonliklar bilan amaldagi kelishuvi esa 2021 yilgacha tuzilgan.

31 yoshli hujumchi 2018 yildan buyon “Arsenal” sharafini himoya etib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic