
Futbol uchun bunchalik noodatiy hisoblarga sabab esa, pley-offning so'nggi turi oldidan "Polis Mashin" va "Plato Yunayted Fiders" jamoalarining bir hil ochko to'plaganliklari edi. Ushbu jamoalar so'nggi turda g'alaba qozongani taqdirida, keyingi bosqichga yo'l oladigan jamoani to'plar nisbati aniqlab berishi kerak edi (o'yindan avval to'plar nisbati ham jamoalarda teng bo'lgan).
"Plato Yunayted Fiders" ko'proq gol kiritgani tufayli u birinchi o'rinni olishi lozim edi. Ammo musobaqa rahbarlari ikkala o'yinning ham natijalarini bekor qilishdi. Nigeriya futbol federatsiyasining, musobaqalar qumitasi rahbari Muhammad Sanusi, bo'lgan voqeani “sharmandalik” deb atadi.
Uning so'zlariga ko'ra, havaskorlar ligasi rahbariyati, ushbu o'yinlar yuzasidan qarorni tez kunlarda qabul qiladi. Havaskorlar ligasi ijroqum kotibi Emmanuel Adesanya g'oliblarni “firibgarlar jamoasi” deb atadi, va ularga ligada o'rin yo'qligini aytdi. U shuningdek, o'yinlarda ishlagan hakamlar belgilanmagan muddatga ishdan chetlatilganligini xabar qildi.