

"Qur'a tashlash marosimidan so'ng Jahon chempionatini yanada orziqib kutaman. Ochilish o'yinini mezbon davlatga qarshi o'tkazish, albatta, ajoyib, lekin bu katta mashaqqatni ham talab etadi. U yerda o'zbekistonlik muxlislar ko'p bo'ladi, shuning uchun biz birinchi kundanoq 100 foiz tayyor bo'lishimiz kerak.
Shuningdek, yana bir qiyin raqib - Paragvay bilan to'qnash kelamiz. Bu jamoa Yevropaning yirik klublarida to'p tepadigan ko'plab tajribali futbolchilarga ega hisoblanadi. Kosta-Rika haqida ko'p ma'lumotga ega emasmiz, biroq kelgusi oylarda bu jamoani ham yaxshi o'rganamiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiya "A" guruhida O'zbekiston, Paragvay va Kosta-Rika bilan bellashadi. Yevropaliklar ilk o'yinni mezbonlarga qarshi o'tkazadi.



