Neymarning otasi: "Barselona" o'g'limni "Manchester Yunayted"ga qo'yib yubormadi"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2015, 11:41
"Barselona" hujumchisi Neymarning otasi Neymar da Silva yozda uning o'g'liga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirganini tasdiqladi.

"Barselona"ga taklif kelib tushdi va keyinroq klub Neymarni sotmasligini ma'lum qildi. "Barsa" rahbarlari bizdan etirozimiz yo'qligi haqida so'radi va ularning qaroriga qo'shildik. "Barselona" o'z futbolchilaridan sotadigan klub emas, Neymarning jamoada yana uch yillik shartnomasi bor. "Manchester Yunayted" o'g'limni xarid qilishga urindi, ammo bu ortda qoldi" - deydi katta Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Boa Tarde Fox