Neymarning maoshi Fransiya chempionatidagi eng yirigi, ikkinchi o'rinniki ikki baravar kam

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018, 12:06
L'Equipe nashri Fransiya chempionatining eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxatini tuzdi.

Eng ko'p maosh to'lanadigan 10 futbolchining 9 nafari PSJ futbolchisi ekan. Ro'yxatning birinchi o'rnini braziliyalik forvard Neymar band qilgan. Uning haftalik maoshi 708 ming evro. Ikkinchi o'rinni urugvaylik hujumchi Edinson Kavani egallab turibdi. Biroq uning haftalik maoshi Neymarnikidan ikki baravar kam - 355 ming evro.

Fransiya chempionatining eng ko'p maosh oladigan futbolchilari (TOP-10)
O'rinFutbolchiKlubHaftalik maosh
1.NeymarPSJ708 000 evro
2.Edinson KavaniPSJ
355 000 evro
3.Kilian MbappePSJ
346 000 evro
4.Tyago SilvaPSJ
300 000 evro
5.Anxel Di MariyaPSJ
258 000 evro
6.MarkinosPSJ
258 000 evro
7.Tyago MottaPSJ
202 000 evro
8.Xaver PastorePSJ
178 000 evro
9.Radamel Falkao"Monako"173 000 evro
10.Dani AlvesPSJ
162 000 evro

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia