Neymar va "Barselona" o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani uzaytirishmayapti

Aslanov Jasurbek
12 okt 2015, 15:18
"Barselona" hujumchisi Neymar o'z klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida shoshayotgani yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi moliyaviy muammolarni boshidan kechiryapti va ayni damda "Barselona"ga futbolchi bilan shartnomani uzaytirish foyda keltirmaydi. Neymar va uning agentlari ham shoshilayotgani yo'q va u "Oltin to'p" uchun asosiy nomzod futbolchi bo'lishini kutib turmoqchi. Shundan so'nggina u klubdan kerakli maoshni so'rashni istayapti.

Neymarning "Barselona" bilan shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS