Neymar PSJga o'tganidan afsusda

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 10:03
Braziliyalik hujumchi Neymar PSJ bosh murabbiyi Unai Emerining ish uslubidan norozi va "Barselona"ni tark etganidan afsusda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Neymar Parijga ko'nika olmayapti va uning yaqinlari ham yangi joyda o'zlarini qulay his qilishmayapti. 25 yoshli braziliyalik Barselonadagi hayotini sog'indi.

Oldinroq, Neymar "Barselona"dagilar bilan uchrashib, "Instagram"ga Lionel Messi va Luis Suares davrasida tushgan suratini qo'ygan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo