

"Jahon chempionati – har bir futbolchi uchun maqsad. Men allaqachon uchta turnirda o'ynaganman va, albatta, to'rtinchisida o'ynashni xohlayman. Biz tayyorgarlikka e'tibor qaratishimiz, bu yerda, klubda o'z ustimizda ishlashimiz kerak. Oldimda turgan asosiy maqsad – qaytganimdan keyin tezroq formaga kirish", – dedi Neymar.
Eslatib o'tamiz, Neymar "Al Hilol"ga 2023 yilning avgustida o'tgan va uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 30 mln evroni tashkil etadi.



