Neymar Ispaniyaga qaytadimi? Braziliyalik yulduz yakuniy qarorga keldi

14 iyul 2019, 11:00
PSJ forvardi Neymar yaqin vaqtlar ichida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun parijliklar safiga borib qo'shiladi.

"Fransiyaga yigitlar bilan birga bo'lish uchun va jamoa bilan mashg'ulot o'tkazish uchun qaytyapman. 100% e'tiborimni yangi mavsum uchun qaratganman", – deya Neymarning so'zlarini keltiradi Globo Esporte nashri.


Avvalroq, Neymar PSJga klub sport direktori Leonardo bilan "Barselona"ga o'tishi mumkinligi borasida uchrashuv o'tkazishi uchun qaytishi haqida ma'lumot berilgandi. 

O'tgan mavsum juda ham yorqin porlay olmagan PSJning 10-raqam sohibi 28 uchrashuvda 23 ta gol urdi va 13 ta assist muallifiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: globoesporte.globo.com