Nevill "Arsenal"dagilarning hakamni tanqid qilishi haqida: "Ijtimoiy tarmoqlar bizning vaqtlarda bo'lmasdi"

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025, 00:34
Sobiq futbolchi Gari Nevill "Arsenal" futbolchilari va muxlislarining hakamlarga qilayotgan tanqidi haqida gapirdi.

"Ular buni "korrupsiya" deb atashmoqda, yani, hakamlar pul evaziga sotilgan deb o'ylashyapti. Lekin tabiiyki, bunday emas.

Biz ["Manchester Yunayted"] shunday klub edikki, hakamlarga qarshi mentalitetni shakllantira olgandik. "Arsenal" ham shunday qilyapti, lekin o'yindan keyin ular vaziyatni yumshatish o'rniga chigallashtirib yuborishmoqda. So'nggi 12 oy davomida bu ko'rindi. 

Endi farq ijtimoiy tarmoqlar orqali ko'zga tashlanmoqda. O'z vaqtida biz ijtimoiy tarmoqlar orqali barcha joyni yondirib yubormasdik va ehtimoliy korrupsiyalar haqida gap bo'lmasdi.

Hozir "Arsenal" futbolchilari va Mikel Artetadan chiqayotgan g'azabni siz ham his qilishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda qalloblik va korrupsiya borasidagi gaplar ko'payib ketdi. Bizning davrimizda qo'limizda telefon bo'lmasdi, ijtimoiy tarmoqlarga kirib, hech kimga bosim o'tkaza olmasdik", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail