Nesterovning qadami qutlug' keldi

4 fev 2019, 00:17
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida "Uhud" va "Al-Ittifoq" jamoalari bellashishdi.

Mazkur bahsda Ignatiy Nesterov o'zining debyut uchrashuvini o'tkazdi. Birinchi bo'limda Muhammad Fuzayir va Karl Mejani o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi va natijada "Uhud" klubi 2:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga yo'l oldi. Ahmad Akeshi 51-daqiqada Nesterov darvozasiga yo'l topa oldi - 2:1. Ushbu natija o'yin tugaguniga qadar o'zgarmadi.

Musobaqada "Al-Ittifoq" 7-o'rinda, "Uhud" klubi esa oxirgi 16-pog'onada bormoqda.

P.S. Uchrashuvning 35-daqiqasida "Uhud" futbolchisi Muhammad Yahyo qizil kartochka sabab maydonni erta tark etdi.

Saudiya Arabistoni chempionatining turnir jadvali bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia