Biz ham jahon chempionatlari salalash bahslarida ketma-ket qoniqarsiz ishtirok etyapmiz. Balki, nemislar tajribasidan o'rnak olish vaqti yetib kelgandir? Chunki o'zimiz bilganimizcha ishlaganimiz bilan xorij tajribasidan o'rak olmasak, biror natijaga erishish imkoniyatimiz tobora pastlab bormoqda.
Germaniyada 2000 yildan keyin qay tariqa futbolni yangi bosqichga olib chiqishgani va qanday rejalar asosida amalga oshirilgani haqida germaniyalik hamkasblarim taqdim etgan ma'lumotlar bilan o'quvchilarimizni ham tanishtirib o'tsam. Chunki ayni paytda jahondagi ko'plab mamlakatlar Germaniya futbol ittifoqi tomonidan qilingan ishlarni o'zlari uchun o'rnak sifatida ko'rmoqda.
Evro-2000da Germaniya terma jamoasi guruhda oxirgi o'rinni egallagach, nafaqat futbol ittifoqi, balki klublar ham yosh futbolchilarni tarbiyalashda yangi uslubga o'tish lozimligini tan olishdi. Ular endi mahalliy o'yinchilarni ko'proq texnik jihatdan o'stirish zarurligini anglab yetishdi. Bundan avval nemislar o'ta intizomli va tartibli futbol namoyish qilishardi, lekin etarli darajada chiroyli emas. Barcha futbol akademiyalariga oldiga shu vazifa qo'yildi. Bu esa katta o'zgarishlar amalga oshib, hozirgi avlodda juda yosh va texnik saviyasi yuqori futbolchilar kamol topishiga sabab bo'ldi. Yoaxim Lyov ixtiyorida hozirda Yulian Draksler (19 yosh), Andre Shyurrle (22 yosh), Sven Bender (24 yosh), Tomas Myuller (24 yosh), Olger Badshtuber (24 yosh), Mats Xummels (24 yosh), Mesut Ozil (24 yosh), Ilkay Gyundogan (22 yosh), Mario Gyotce (20 yosh), Marko Roys (23 yosh) va Toni Kroos (23 yosh) singari futbolchilar to'planishiga olib keldi. Hali Maks Kruze, Shtefan Kissling singari iqtidorlar o'z navbatlarini kutib turishibdi.
Germaniya bo'ylab 366ga ajratilgan hududlarda 1000dan ortiq murabbiylar futbolchilarni tarbiyalash va kuzatish ishlarini olib borishyapti. Ularning barchasida UEFAning “V” toifali licenziyasi mavjud. 2000 yildan avval nemislarning o'zlari ham mamlakatda bunchalik ko'p iqtidorli futbolchilar borligini to'liq anglab yetishmagan. Faqat futbol bilan shug'ullanayotgan deyarli har bir bolaning imkoniyatlarini kuzatish imkoniyati paydo bo'lgach, ular futbolda keskin o'zgarishlar qilish mumkinligini tushunishdi.
Federatsiya klublarga murabbiylarga talim berish borasida katta yordam berdi. Natijada Germaniyada hozir “V” licenziyali murabbiylar soni 28400 nafardan ortgan. Solishtirish uchun Angliyada bu miqdor 1759ni tashkil qiladi. “A” licenziya sohiblari 1070ga 115, “Pro” egalari soni 1070ga 115dan iborat. Bu jihat bo'yicha nemislar inglizlarni katta farq bilan ortda qoldirishmoqda. Bu farq oxirgi yillarda terma jamoalar va umumiy futbol saviyasining o'sishida ham ko'zga tashlanyapti. Birinchi o'rinda Germaniyada murabbiylar malakasini oshirish bilan birga ularning maoshlarini oshirish masalasi ham ko'tarildi. Ularning faqat ishlari to'g'risida o'ylashlarini taminlash uchun to'lanadigan pullar miqdori ko'tarildi. Shuningdek, futbolchilarning hayotda fikrlashini o'stirish ham asosiy vazifalardan biri etib qo'yildi. Unga ko'ra, 16 yoshdan katta o'yinchilar Germaniyada haftasiga 34 soat turli fanlar bo'yicha darslarda qatnashishlari lozim. Angliyada esa bu miqdor 9 soatni tashkil etgan. Nemislar o'yinchilarning hayotdagi fikrlashi, dunyoqarashining o'sishi maydondagi harakatlarga bevosita ta’sir o'tkazadi deb hisoblashdi. Oxirgi 10 yilda futbolda Germaniya qanday muvaffaqiyatlarga erish, qanday futbolchilarni tarbiyaladi? Angliya bu muddatda nimalarni qo'ldan boy berdi? Bu yerda savolning o'zi bilan javob barchaga tushunarli bo'lsa kerak. Yevropaning ko'p davlatlarida faqat futbolchi emas, balki shaxsni tarbiyalashga ham katta e'tibor qaratilyapti. Bu bizning akademiya va murabbiylar o'rganishi shart bo'lgan birinchi holatdir. Qolgan holatlar bo'yicha O'FFning bosh qotirib ko'rishi to'g'ri bo'lardi.
Bollar 12 yoshdan akademiyalarga qabul qilinadi, ungacha esa umumiy sharoitlarda shug'ullanishadi. Bir vaqtning o'zida 5 mingdan ortiq bolalar elit akademiyalar tizimiga ko'chib o'tadi. Futbol ittifoqi hisobotiga ko'ra, 2002 yildan 2010 yilgacha yoshlarni tarbiyalash tizimi uchun 520 million evro sarflangan. Yillik harajatlar miqdori esa 47,85 milliondan 85,7 milliongacha etdi. Bu bir yil ichida yoshlar futboliga qilinayotgan sarf miqdori. Bizda esa qaergadir falon summa ishlatildi degan gaplar bilan maqtanib yurishni xush ko'rishadi, lekin undan qanday foyda kelgani haqida birov bosh qotirib o'tirmaydi. Shu yillar ichida bundesligada o'ynayotgan futbolchilarning o'rtacha yoshi 27,09dan 25,77ga tushgan. Bu klublarning yoshlarga katta ishonch bildirayotganini tasdiqlaydi.
Yosh futbolchilarning o'sib borishi 3bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabkisida 11-14 yoshli bolalar maxsus futbol markazlarida talim oladi, ikkinchi bosqichda futbol va talim olish uyg'unlashgan elit maktablar va oxirida eng iqtidorlilar professional klublar akademiyalari ixtiyoriga ko'chib o'tadi. Futbolchilarni ma'lum taktika va g'alaba qozonish uchun chorlashni murabbiylar ikkinchi bosqichdan boshlashadi. Bungacha futbolchilar bemalol texnik mahoratlarini shakllantirish bilan mashg'ul bo'lishadi. Oxirgi bosqichda esa o'yinchilar bundesliganing yoshlar ligalari (17 va 19 yoshlilar), havaskorlar ligasi yoki uchinchi divizion klublariga o'tib, tajribalarini oshirib borishadi.
Murabbiylar quyidagi reja asosida ish yuritishadi:
6-14 yoshlilar uchun. Futbolchining texnikasi va imkoniyatlarini o'stirish ustida ishlanadi. Bu bosqich oxirida texnikasi yaxshi bo'lmagan o'yinchilarga javob beriladi. U kimning farzandi bo'lishidan qati nazar.
14-16/17 yoshlilar uchun. Futbolchini jismoniy tarafdan tayyorlashga kirishiladi. Lekin bunda yosh o'yinchini jismoniy mashqlar bilan “ezib tashlash” tushunilmaydi. Bosqichma-bosqich jismoniy imkoniyatlar o'stirib boriladi. Maydondagi kurashlar qanday kechishi borasida tasavvur shakllantirilb, shunga yarasha mashg'ulotlar o'tkaziladi.
17 yoshdan yuqori futbolchilar uchun. Bunda taktik bilim beriladi. Ularning poziciyadan kelib chiqib, qanday harakat qilish lozimligi o'rgatiladi. Futbolchi haqiqiy professional saviyaga yaqin uchrashuvlarda ishtirok etib, faoliyatini boshlashga so'nggi tayyorgarliklarni amalga oshiradi.
Germaniyada har bir yosh toifasi bo'yicha bunlesliga bahslari tashkil etilgan. Regional guruhlarda jamoalar odatiy mavsumdagi uchrashuvlarda maydonga tushishadi, butun mamlakat bo'ylab safar qilishadi. Yoshlar jamoalari uchun kubok musobaqasi bo'lib o'tadi. Quyi divizionlarda muvaffaqiyatli qatnashgan yoshlar jamoalarining yuqoriga ko'tarilib borishlariga ruxsat beriladi. Bunday vaziyat Ispaniyada ham mavjud. Shu sababli bundesligada qatnashuvchi ko'plab klublarning yoshlar tarkiblarini uchinchi va to'rtinchi divizonlarda ko'rish mumkin.
Germaniyada futbolni yanada rivojlantirish uchun yoshlakr tizimini o'zgartirishning o'zi kifoya qildi. Albatta, ular barcha ishni oldindan rejalashtirgan holda amalga oshirishdi. Barcha ishini sidqidildan bajargan taqdirda, qing'ir ishlardan keladigan pullarni mo'ljal qilmasa, bunga o'n yil ichida erishish mumkin ekan. 2006 yildan boshlab milliy terma jamoa yana grandlar qatoriga qaytdi. Hozirgacha bu jarayon uzluksiz davom etib kelyapti. Nemislarning yoshlar bilan ishlashdagi ushbu tajribasi biz uchun qo'llanma vazifasini o'tab berishi mumkin. Ayniqsa, har bir hududga tayinlangan skautlar tajribasi. Germaniyada bazalar, elit maktab va akademiya bosqichi amalda ekanligi haqida yozib o'tdik. Ularni mamlakat bo'yicha shunday taqsimlashganki, saralab olish jarayonida hech bir bola e'tiborsiz qolib kyetmaydi. Germaniya bo'ylab 366 maxsus hududlar o'zaro aloqada bo'ladigan tizim ostiga markazlashtirilgan. Ehtimol, bizda ham har bir tumanga 2-3 nafardan maxsus skautlarni tayinlash vaqti kelgandir. Chunki yurtimizdagi futbolchilarni kuzatib borish uchun eng maqul yo'l shu – tumanlarni alohida bir hudud deb qabul qilish. Shaharlarni shu ro'yxatga kiritib yuborish mumkin.
Germaniyadagi yana bir holat boshqalarning havasini keltiradi. Turli saviyadagi 6 milliondan ortiq inson futbolchi sifatida rasman ro'yxatdan o'tgan. Bunga qo'shimcha ravishda yana 10 million aholi doimiy ravishda futbol bilan shug'ullanadi. Klublar soni rasman 26837tani tashkil qiladi. Lekin avvalgi mavsumda 2344 turli divizionlarda 33633 jamoa ishtirok etgan! 2344ta ligani tasavvur qilishning o'zi qanchalik xayoliy ekanligini o'ylab ko'ring. Bu raqamlarda havaskorlar ligalarida ishtirok etgan jamoalar ham keltirilgan. Dastlabki uch divizion bellashuvlarini futbol ittifoqining o'zi tashkil etish ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Qolgani esa regional futbol assotsiatsiyalari zimmasiga yuklatilgan. Regional ligalar esa hududlariga qarab turli viloyatlar chempionatlariga bo'lingan. Har bir hududning bir necha bo'g'inli ligalari mavjud. Yani, quyidan yuqoriga qarab yo'nalgan. Shu tariqa butun bir tizim rivojlantirib chiqilgan. Oxirgi yillarda 6 yoki 7-ligalardan bundesliga klublariga bir necha futbolchilar kelib qo'shildi. Bu esa istedodlarni bemalol juda quyi ligalardan izlab topish mumkinligini ko'rsatadi. Akademiyalarni bitirgan yoshlar bazida shunday jamoalarda tajriba oshirishni maqul ko'rishadi. Eng qoyil qoladigan tarafi shundaki, o'sha liga o'yinlarini ham yuqori divizion klublari skautlari kuzatib borishadi. 4-divizionda ham ko'plab xorijlik futbolchilar ismlarini o'qishingiz mumkin. Chunki yosh va iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashdan barcha birdek manfaatdor. Va yana bir jihatni ko'zdan qochirmasligimiz darkor. Germaniyada futbol shu darajada ommaviy tus olganki, 4-divizion bellashuvlariga bazi jamoalarda muxlislarning o'rtacha tashrifi 7-8 mingni tashkil qiladi! Shunchaki qoyil. Shu ligada o'ynovchi bazi klublarning stadionlarida esa bemalol xalqaro uchrashuvlarni o'tkazish imkoniyati yaratilgan. U yerda jamoalar quyi ligalarga tushib ketishsa ham odatdagidek faoliyatlarini davom ettirishadi. Bunga esa boshqaruv tizimi sabab bo'ladi. Aynan shu tizim Germaniya futbolining eng muvaffaqiyatli tarafi sifatida ko'riladi. Unga ko'ra, futbol jamoalari bir shaxs yoki kompaniya qaramog'iga o'tkazilishi mumkin emas. Boshqaruv tizimi muxlislar yordamida tashkil etilgan. Istisno tariqasida “Bayer” va “Volfsburg”ga ko'p yillardan buyon homiylik qilib kelayotgan jamoalar egasi sifatida etirof etiladi. Lekin buning uchun o'sha kompaniya kamida 20 yildan buyon klub bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan bo'lishi darkor. O'z-o'zidan asosan ishqibozlar va transferlar yordamida kun ko'radigan klublar bor e'tiborlarini yoshlarga qaratishga majburlar. Chunki ular o'zlari pul ishlab topishmasa, Abramovchi, Mansur yoki shu singari shaxslar jamoalarga yashashi uchun pul bermaydi. Hozirgi kunga kelib, birinchi va ikkinchi bundesligada o'ynayotgan jamoalar bu boshqaruv tizimiga to'liq ko'nikib bo'lishgan. Bu tizim germaniyalik yosh istedodlar foydasiga ishlaydi. Chunki klublar ko'p pul evaziga to'p tepadigan legionerlardan ko'ra kamroq pul olib, ko'zida o't bilan harakat qiladigan mahalliy tarbiyalanuvchilarga yordam berishni maqul ko'rishadi. So'nggi Evromavsumda barchani ajoyib o'yinlari bilan hayratlantirgan “Bavariya” va “Borussiya” Dortmund ham asosan mahalliy futbolchilar yordamida bunday muvaffaqiyatga erishishdi. Bundesligada 25 million evro byudjetga ega klublarning mavsumni bemalol o'tkazishida ham 2000-yillar boshida qo'yilgan qadam katta o'rin tutadi. Germaniyadan nafaqat yoshlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqishda, balki jamoalarni boshqarish, muxlislar bilan ishlash, stadionlarni qurish va ulardan unumli foydalanish, murabbiylar malakasini oshirish kabi jihatlarda Yevropaning ko'plab davlatlari ham o'rnak olishi mumkin. Nemislar bugun shunday darajaga yetishib bo'ldi. Biz esa eng kamida 10-15 nafar mutaxassisni ish o'rganish uchun bemalol bu yurtga yuborishimiz mumkin. Yuborganda ham ertaga biror maqsadga erishishni oldiga shart qilib qo'ygan mutaxassislarni. Futbolimiz kelajagi o'z qo'limizda. Bugun qabul qilingan har bir foydali qaror rivojlanishimizni bir necha yillarga tezlashtiradi. Biz esa shuni istaymiz xolos.
Behzod NAZAROV.