
Qaytarilgan chiptalarni FIFA rasmiy saytida sotib olish mumkin.
FIFA ma'lumotlariga ko'ra, germaniyalik muxlislar jahon chempionati o'yinlari uchun 70 mingga yaqin chipta xarid qilishgan. Mamlakat terma jamoasi JCHning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
"FIFA chiptalarini qayta sotish 15 iyulgacha ochiq, muxlislarga vaziyatni kuzatishni maslahat beramiz. Biror jamoa muxlislari qaytaraligan chiptalar soni haqida aniq ma'lumot bera olmaymiz" - deyiladi FIFA bayonotida.
Ko'plab nemis muxlislari uyga qaytishga shoshilishmoqda. Moskvadan Germaniyaga uchadigan reyslar to'lgan.