Nemis klubi sobiq ustozi "Chelsi"da Konte o'rnini egallashi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 avg 2017, 13:03
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Chelsi"ni boshqarishi mumkin.

"Chelsi" egasi Roman Abramovich va klub ijrochi direktori Marina Granovskaya Antonio Kontening o'rniga Tuxelni olib kelish qarorini qabul qilishdi. Ular tomonidan "Barselona" sobiq ustozi Luis Enrike ham ko'rib chiqilayotgan edi, biroq uning bir minus tarafi bor - mutaxassis ingliz tilini yaxshi bilmaydi.

Tuxel 2015-2017 yillar davomida "Borussiya"ni boshqarib, jamoa bilan Germaniya Kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild