Nelson Lutin: "Ukrainani mag'lub etib, bronza medallarini qo'lga kiritishga harakat qilamiz"

Оқил Абдубарноев
4 okt 2024, 13:12
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) Fransiya terma jamoasi a'zosi Nelson Lutin saytimizga intervyu berdi.

"Tajribali va kuchli o'yinchilarga ega Argentina terma jamoasiga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. O'yin davomida yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo barchasidan unumli foydalana olmadik. Endilikda, Ukrainani mag'lub etib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Bu bizning ilk jahon chempionatimiz edi va bu katta tajriba va unutilmas bo'ldi. Umid qilamanki, keyingi mundiallarda bundanda yuqoriroq marralarni zabt etamiz", dedi Lutin.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Fransiya 3-o'rin uchun Ukraina bilan bellashadi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia