
Ispaniyaga ketishdan oldin Braziliya terma jamoasi futbolchisi, unga juda ham qadrli bo'lgan “Santos” klubi muxlislari bilan xayrlashdi.
Futbolchi klubning muxlislar vakillari Torcida Jovem do Santos bilan uchrashgan. Uchrashuv chog'ida muxlislar unga “Neymar senga katta raxmat, ishonamiz sen albatta “Santos”ga qaytasan” degan yozuv tushirilgan esdalik sovg'asi topshirishgan.
Eslatib o'tamiz, Neymarning “Barselona” safiga o'tishi ko'p marotaba muhokama qilingan edi. Mataxassislar Neymar va Messi bir jamoada o'ynay olmaydilar degan fikrga kelishgan. Shunday mutaxassislardan biri klubning sobiq bosh murabbiyi Yoxan Kruiff sanaladi.