

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Shunday qilib, "Neftchi" Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 19ta o'yinga (o'tgan mavsumda so'nggi ikkita va bu yil 17ta o'yin) etkazib oldi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi farg'onaliklar so'nggi bor 2022 yil 2 noyabr (24-tur) kuni OKMKga yutqazganidan keyin hech kimga mag'lub bo'lishmayapti.
"Neftchi" keyingi o'yinni 31 avgust kuni o'z maydonida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.



