"Neftchi" yozgi transferlar oynasidagi ilk yurishini amalga oshirdi

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2025, 12:01
Yozgi transfer oynasi vaqtida klublarimizda nima gap?

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida liberiyalik hujumchi Silvanus Nimelini jalb qildi. Forvard o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish hisoblanadi, u 2023-2024 yilgi mavsumlarda "Surxon" safida to'p tepgan. 

Uning oxirgi jamoasi Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi bo'ldi. To'p tepar mazkur jamoada 18 ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol, 1 ta assist qayd etdi. Nimeli farg'onaliklar bilan shartnoma imzolagan.

Transfermarket portali futbolchini 450 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia