Silvanus Nimeli rasman yangi klubga o'tdi

Administrator
14 avg 2024
Futbolchi endi Ozarbayjon chempionatida faoliyat olib boradi.

"Surxon" klubi hujumchisi Silvanus Nimeli Ozarbayjonning "Sumqayit" klubiga o'tdi. Ozarbayjon klubi rasman ushbu transferni e'lon qildi. Klub Nimeli bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Bitimda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Nimeli "Sumqayit" klubida 99-raqamda o'ynaydi. 

Hujumchi bu mavsum boshida jarohat olgach juda kam o'yinda maydonga tushdi. O'tgan mavsum futbolchi "Surxon" tarkibida 30 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assist qayd etgandi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Nimeli ushbu mavsum Superligada umumiy hisobda 106 daqiqa maydonda harakat qildi.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.instagram.com/sumqayitfc_official/

O'xshash yangiliklar