"Neftchi" yoshlari ham O'zbekiston Kubogida qatnashadi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 21:20
Saytimizda biroz avval "Neftchi" jamoasining tarbiyalanuvchilari O'zbekiston Kubogida ishtirok etmasligi mumkinligi haqida yozib o'tgan edik.

Quvonarlisi shundaki, 2022 yilgi Superligaga yo'llanmani deyarli naqd qilgan farg'onaliklar ushbu turnirda ishtirok etadilar va klub barcha yosh toifadagi xarajatlarni o'z zimmasiga oladi. Bu haqda saytimizga Farg'ona viloyati FA matbuot xizmati xabar berdi. 

O'z navbatida, "Neftchi" muxlislari va maktab tarbiyalanuvchilari nomidan viloyat hokimi Xayrulla Bozorovga minnatdorchilik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia