

Shanba kuni bo'lib o'tadigan o'yin Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tishi reja qilingan. O'yinga kirish chiptalarini 5 000 so'mdan xarid qilishingiz mumkin. Eslatib o'tamiz, ertaga mazkur jamoalarning o'rinbosarlar tarkibi ham aynan ushbu stadionda o'ynaydi. Yoshlar ligasi doirasidagi bellashuv soat 16:30da start oladi.
Barcha futbol muxlislarni mazkur bahslarga taklif qilib qolamiz!
“Neftchi” matbuot xizmati



