“Neftchi” – musobaqa g'olibi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018
Farg'ona viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilayotgan har bir musobaqa yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Qishdan buyon assotsiatsiya tomonidan bir qator turnirlar o'tkazilib kelinmoqda. Ana shunday musobaqalardan biri yaqin o'z poyoniga etdi. Aniqrog'i,

Farg'onada 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida viloyat birinchiligi bahslari bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada “Neftchi” futbol maktabi jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shavkat Yusupov boshchiligidagi jamoa finalda Farg'ona olimpiya zaxiralari kolleji (FOZK) o'smirlarini yirik – 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, musobaqa g'olibiga aylandi.

A. Dehqonov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oltinvodiy.uz