"Neftchi" ikkiga bo'linib nazorat uchrashuvini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 09:45
Bugun Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida “So'g'diyona”ga qarshi o'yinga hozirlik ko'rayotgan “Neftchi” jamoasi ikki tarkibga bo'lingan holda nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan o'yinda yashil libosda to'p surgan futbolchilar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.  “Yashillar”dan gollarga Nosir Otaqo'ziev, Pavel Smolyachenko (pen), Otabek Zokirov va Otabek Isroilovlar mualliflik qilishdi. “Qizillar”da esa Sardor Mirzaev, Baxtiyor Yoqubov hamda Zayniddin Tojievlar raqiblari darvozasini ishg'ol etishdi.

Jamoalar qo'yidagi tarkibda maydonga tushishdi.

“Qizillar: G'ayrat Hasanov, Dilyorbek Ermatov, Shavkat Nasibullaev, Shukurali Po'latov, Vyacheslav Ponomaryov, Baxtiyor Yoqubov, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev, Sardor Mirzaev, Mansur Saidov, Zayniddin Tojiev.

“Yashillar”: Xillat Chilmatov, G'ayrat Jumaev, Iqbol Boboxonov, Doston Tursunzoda, Abdumajid Toirov, G'ulom O'runov, Mirzakamol Kamolov, Otabek Zokirov, Pavel Smolyachenko, Otabek Isroilov, Nosir Otaqo'ziev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sherzod Hakimov, Farrux Turdaliev, Umid Qodirov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz