"Neftchi" ikki nafar yosh futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2021, 17:53
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi 2022 yilda Superligada o'ynash huquqini muddatidan ilgari qo'lga kiritganligini hamma yaxshi biladi.

Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov yangi mavsumga har jihatdan puxta tayyorgarlik bilan borish maqsadida tarkibni yosh, iqtidorli o'yinchilar bilan mustahkamlash masalalariga jiddiy e'tibor bermoqda. Bugun yoshlar jamoasida to'p tepgan yarim himoyachi Azamatjon Tolibjonov bilan tuzilgan 3 yillik shartnoma bunga yaqqol dalildir. Bu futbolchi "Neftchi" U-18 tarkibida 21 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 marta ishg'ol qilishdan tashqari, tengdoshlariga golli uzatmalarni amalga oshirishda ham ibrat ko'rsatdi. Shu bois, ming-minglab muxlislar va mutaxassislar nazariga tushdi.




Bundan tashqari yosh darvozabon Shohruh Asqaralievga ham yuksak ishonch bildirilib, Superliga jamoasi tarkibida mahorat ko'rsatish yuzasidan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Ma'lumki, darvozabon har qanday uchrashuvda o'yin taqdirini hal qiluvchi figura hisoblanadi. Shohruh buni chuqur anglagan holda 2021 yilgi musobaqalarda o'zining yorqin va chiroyli o'yinlari bilan nafaqat murabbiylar, balki ko'pming sonli futbol ishqibozlarini ham e'tiboriga sazovor bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати