"Neftchi" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
22 dek 2023, 22:20
"Neftchi" matbuot xizmati darvozabon Akbar To'raev hamda himoyachi Muhsin Ubaydullaev bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, posbon va himoyachi 2024 yilgi mavsumda ham "Neftchi" sharafini himoya qiladi.

29 yoshli himoyachi ushbu mavsumda "Neftchi" tarkibida barcha turnirlarda 24 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi. 34 yoshli posbon esa 12 o'yinda darvozani qo'riqlab, 13ta gol o'tkazib yubordi va 4 marta "quruq o'yin" o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати