

Bosh murabbiy bugun tong sahar Farg'onaga Moskvadan yetib kelgan.
Tarkibdagi o'zgarishlar muxlislarni qiziqtirishi tabiiy. O'tgan mavsum jamoamiz sharafini himoya qilgan hujumchi Ro'zimboy Ahmedov faoliyatini Tailand chempionatida davom ettirishga qaror qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, Ahmedov bugun xorijga yo'l oladi. Tajribali futbolchi Akmal Xolmatov ham katta ehtimol bilan yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin. "Neftchi" PFK ushbu futbolchilarga keyingi faoliyatlarida omad tilaydi.
Ayni paytda "Neftchi" PFK qarorgohida ish qizg'in. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchilar bilan yangi shartnomalar hamda selekciya jarayoni borasida ish olib borishmoqda. Hozircha yangi nomlar borasida aniq bir ma'lumot bera olmaymiz. Lekin yangi xaridlar ustida muzokaralar ketmoqda.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati.



