

U bugun 46 yoshga to'ldi. Zabirov 1974 yilning 1 iyun kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida dunyoga kelgan. Futbolchilik faoliyatini "Chirchiq" jamoasida boshlagan Georgiy keyinchalik "Paxtakor", "Binokor", MHSK, "Kimyogar", "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" klublari sharafini himoya qilgan. 2000-2002 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan. Eng gullagan davri 1996-2004 yillar oralig'iga to'g'ri keladi. Zabirov aynan shu yillarda shonli "Neftchi" safida o'ynagan. 2001 yil O'zbekiston chempioni bo'lgan. U "Neftchi" tarkibida 204 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 171 ta gol o'tkazib yuborgan.
"Neftchi" safidagi ishonchli o'yinlari sabab 2000 yilda milliy terma jamoadan chaqiruv oladi va Osiyo Kubogi-2000da maydonga tushadi. Lekin xuddi terma jamoamizda bo'lgani kabi ishtirok omadsiz chiqqan. Georgiy Zabirov 2006 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003 va 2004 yillarda O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan. 1997, 1998, 2001 va 2002 yillarda esa O'zbekiston kubogining finalida o'ynagan.
Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Georgiy Zabirovni saytimiz ijodiy guruhi hamda o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz.




