"Neftchi" afsonasi "Buxoro" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023, 12:54
Sobiq futbolchi Akmal Xolmatov Superligaga chiqqan jamoada ish boshladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, shu paytga qadar "Olimpik" U-19 jamoasida ishlab kelgan murabbiy, "Neftchi" afsonasi Akmal Xolmatov "Buxoro" murabbiylar shtabiga qo'shilgan. Bu haqda jurnalist Abdulaziz Iskandarov xabar berdi.

U Superliga klubida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia